Korrupsiyaga oid jinoyatlar tizimida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanib sodir etiladigan poraxo'rlikka qarshi kurashishning jinoiy-huquqiy choralari
Elektron mutolaa Barchaga ochiq
Kitobni onlayn o'qish

Himoyalangan mutolaa (yuklab olish cheklangan)

Ochiq Annotatsiyasi ochiq Ro'yxatdan o'tganlarga

Korrupsiyaga oid jinoyatlar tizimida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanib sodir etiladigan poraxo'rlikka qarshi kurashishning jinoiy-huquqiy choralari

S. Q. Berdiyev

Kategoriya
Kiberjinoyatchilik
Hujjat turi
Monografiya
Nashr yili
2026
Til
UZ
Nashriyot
“Dimal” nashriyoti
Sahifalar soni
232
Tadqiqot sohasi
Kiberjinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurashish
Ilmiy rahbar
A. Rasulev (yu.f.d., professor)
Ko'rishlar
59

Annotatsiya

Hujjatning qisqacha mazmuni va asosiy mohiyati

Barchaga ochiq
Mazkur monografiya raqamli transformatsiya va global axborotlashuv sharoitida korrupsiyaviy jinoyatlar, xususan, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda sodir etiladigan poraxo'rlikka qarshi kurashishning jinoyat-huquqiy, kriminologik hamda texnik jihatlarini kompleks tadqiq etishga bag'ishlangan. Asarda kibermakondagi korrupsiyaviy qilmishlarning o'ziga xos xususiyatlari, ularni yuridik-texnik kvalifikatsiya qilishdagi muammolar ochib berilgan. Shuningdek, elektron to'lov tizimlari va kriptoaktivlar vositasida amalga oshiriladigan yashirin jinoyatlarni fosh etishda raqamli kriminalistikaning (digital forensics) zamonaviy imkoniyatlari va usullari chuqur tahlil qilingan. Ushbu ilmiy-amaliy nashr davlat boshqaruvi vakillari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari, qonun ijodkorlari, ilmiy tadqiqotchilar, shuningdek, yurisprudensiya va kiberhuquq yo'nalishidagi mutaxassis va izlanuvchilar uchun mo'ljallangan.